Joriy yil 4 dekabr kuni “Mahalla – besh tashabbus beshigi” ko`rik tanlovi g`oliblarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi. Tadbirda Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbaeva tabrik so`zi bilan ishtirok etdi.
Tanlovning tuman shaharlar bosqichida 1 035 ta, hududiy bosqichida esa 207 ta mahalla ishtirok etib, 62 500 nafardan ortiq yoshlarni qamrab oldi.
Final bosqichida esa 14 ta hududdan bittadan yo`llanmani qo`lga kiritgan 14ta mahalla, 300 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Respublika komissiyasi ishtirokchilar hujjatlarini ko`rib chiqib, besh muhim tashabbus bo`yicha qabul qilingan tegishli hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi ta`minlanganligi, uning mazmun-mohiyatini xalqqa etkazilganligi hamda targ`ibot tashviqot ishlarining olib borilganligi va boshqa mezonlar asosida g`oliblarni aniqladi.
Yakuniy natijalar finalga kelgan mahallalarda besh muhim tashabbus borasida olib borilgan ishlarning ko`rgazmali tarzda himoya qilinganidan keyin e`lon qilindi. Shuningdek, “Birinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla”, “Ikkinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla”, “Uchinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla”, “To`rtinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla”, “Beshinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla” hamda “Eng faol kitobxon oila” nominasiyalari bo`yicha g`oliblar aniqlandi.
G`olib mahallalar I, II, III darajali diplomlar va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Senati va homiylarning qimmatbaho sovg`alari bilan taqdirlandi. Jumladan, 1-o`rin – Farg`ona viloyati, Farg`ona shahri, “Shodiyona” MFY, 2-o`rin – Navoiy viloyati, Karmana tumani, “Do`rmon” MFY, 3-o`rin – Xorazm viloyati, Urganch tumani, “Baqaylar” MFY jamoasiga nasib etdi.
Tadbirning respublika bosqichida birinchilikni qo`lga kiritgan mahalla O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg`asi - “Damas “ avtomobili bilan taqdirlandi.




“Birinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla” nominasiyasida – Samarqand viloyati, Bulung`ur tumani, “Do`stlik” MFY, “Ikkinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla” nominasiyasida – Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, “Nao`pir” MFY, “Uchinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla” nominasiyasida – Sirdaryo viloyati, Sirdaryo tumani, “Istiqbol” MFY, “To`rtinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla” nominasiyasida – Jizzax viloyati, Jizzax shahri, “Zargarlik” MFY, “Beshinchi tashabbus bo`yicha eng faol mahalla” nominasiyasida – Andijon viloyati, Andijon shahri, “Barkamol” MFY”; “Eng faol kitobxon oila” nominasiyasi bo`yicha esa – Buxoro viloyati, Kogon tumani, “Taraqqiyot” MFY vakillari munosib taqdirlandi.






Bundan tashqari, ko`rik-tanlovda g`olib deb topilmagan 5 ta hudud, Qashqadaryo, Namangan, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahridagi mahalla a`zolari ham qimmati sovg`alar bilan taqdirlandi. Xususan, axborot-kommunikasiya yo`nalishidagi o`quv kursi uchun 5 kishilik sertifikat va 1 donadan bookreader bilan taqdirlandi.







