AsosiyJamiyat

Ayni paytda abiturientlardan hujjat qabul qilayotgan nodavlat universitet diplomi O`zbekistonda tan olinadimi?

'Ayni paytda abiturientlardan hujjat qabul qilayotgan nodavlat universitet diplomi O`zbekistonda tan olinadimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalariga ko`pchilik tomonidan berilayotgan ushbu savolga Ta`lim inspeksiyasi tomonidan javob berildi. 

" Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan STARS INTERNATIONAL UNIVERSITY nodavlat oliy ta`lim tashkilotiga Hukumat qarorida belgilangan tartibda lisenziya taqdim etilgan.  

"Ta`lim to`g`risida"gi Qonunining 31-moddasida:

  • davlat ta`lim standartlari va davlat ta`lim talablariga muvofiq ta`lim xizmatlarini ko`rsatuvchi nodavlat ta`lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta`lim to`g`risidagi hujjatlar berilishi;

 

  •  mustaqil ishlab chiqilgan va lisenziyada ko`rsatilgan o`quv dasturlari bo`yicha ta`lim xizmatlari ko`rsatadigan nodavlat ta`lim tashkilotlari bitiruvchilarga O`zbekiston Respublikasida tan olinadigan ta`lim to`g`risidagi hujjatlarni berilishi belgilangan.

 

️Ya`ni ushbu nodavlat oliy ta`lim tashkiloti tomonidan beriladigan diplom O`zbekistondagi boshqa oliy ta`lim muassasalari diplomlari qatorida tan olinadi", deyiladi bayonotda.

 

    Boshqa yangiliklar