2021 yil 29 noyabr kuni, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1977 yilda tug`ilgan ayol ariza bilan Norin tuman IIB murojaat qiladi.
Arizada aytilishicha, shu yil 27 noyabr kuni soat 23:30 larda, Norin tumani hududida "Damas" mashinasiga yo`lovchi sifatida chiqqanida avtomashina haydovchisi, Norin tumanida yashovchi, 1995 yilda tug`ilgan fuqaro uni yonida bo`lgan 1.700 AQSh dollari va 1.500.000 so`m pullarini ochiqdan-ochiq tortib olib ketib qolgan.
Namangan viloyati IIB Axborot xizmatning ma`lum qilishicha, ushbu holat bo`yicha Norin tuman IIB huzuridagi Tergov bo`linmasi tomonidan 2021 yil 29 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






