Farg`ona viloyati Qo`shtepa tumani Yangiariq MFY, Baxor ko`chasi raqamsiz uyda yashovchi 1985 yilda tug`ilgan Qo`shtepa tumanida ovchi bo`lib ro`yxatdan o`tgan, oilali, 2 nafar farzandi bor M.M. bedarak yo`qoldi. Bu haqda viloyat FVB xabar qildi.
Ma`lum qilinishicha, 2021 yil 28 noyabr kuni ertalab soat 6:30larda fuqaro Yozyovon tumani Yangiobod MFYdagi Suv omboriga ovga ketyapman, deb aytib, ov qurolini olib, o`ziga tegishli bo`lgan 40S902SA d/bli yashil rangli “Damas” rusumli avtomashinasida chiqib ketganicha qaytib kelmagan. Uning oila a`zolari va qarindoshlari izlashgan, Yozyovon tumanidagi Suv ombori hududidan “Damas” avtomashinasini qulflangan holatda topishgan, o`zini esa topisha olmasdan izlashganligi natijasida suvdan sumkalarini topishgan, o`zini esa topa olishmagan.
Hozirda bedarak yo`qolgan fuqaro M.M.ni izlab topish maqsadida Yozyovon tuman IIBning 45, Milliy Gvardiyaning 21, FVV 8 nafar qutqaruv guruhi a`zolari, hokimyat vakilllaridan 4, jamoatchilikdan 8, jami 86 nafar kishi tezkor qidiruv ishlarida qatnashmoqda.
Shuningdek, qidiruv ishlarida sakkizta qayiq, dron apparatidan foydalanilyapti.
Bedarak yo`qolgan M.M.ning egnida yashil-sariq-jigarrang aralashmali harbiy dala kiyimi bo`lgan.
Alohida belgilari: Bo`yi 170-175sm atrofida, sochi qora, qalin, bug`doyrang, tishlari tabiiy butun, o`rta gavdali.
Afsuski qidiruvda hozircha natija yo`q, deyiladi xabarda.






