Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun ma`muriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.
Unga ko`ra endilikda haydovchilar transportni boshqarishda telefondan quloqchinlar orqali va qo`llarini ishlatmasdan gaplashish imkonini beradigan uskunalar orqali foydalanishi mumkin.
Haydovchilar belgilangan tezlikni oshirib yuborganida qayd etilgan tezlikdan 5 km/soat chegirib tashlab jazo qo`llaniladi. Shuningdek, transport salonining old qismiga monitor (displey) o`rnatganlik uchun javobgarlik bekor qilindi.
Ammo haydovchilar bir narsani unutmasliklari kerak. Ya`ni transport vositasini boshqarish paytida tele va video dasturlarni tomosha qilish uchun foydalanish javobgarlikka sabab bo`ladi. Boshqacha aytganda, monitor o`rnatishga ruxsat, lekin boshqaruv paytida haydovchilar monitordan video tomosha qilishlari mumkin emas.






