AsosiySport

O`zbekistonlik tennischi umrbodga diskvalifikasiya qilindi

'O`zbekistonlik tennischi umrbodga diskvalifikasiya qilindi'ning rasmi

Bugun, 3 noyabr kuni Xalqaro Tennis haqqoniyligini ta`minlash agentligi (ITIA) o`zbekistonlik tennischi Albina Habibulinaning tennisdan umrbod muddatga chetlashtirilganini tasdiqladi. U tennis bo`yicha korrupsiyaga qarshi kurash dasturining (TACP) bir nechta qoidalarini buzganligi aniqlandi.

Ishni korrupsiyaga qarshi sud ishlari bo`yicha mustaqil mutaxassis, professor Richard Maklaren olib borgan. Habibulinaga umrbod muddatga har qanday xalqaro tennis tashkiloti yoki milliy assosiasiya tomonidan tasdiqlangan har qanday tennis musobaqasida ishtirok etishi taqiqlangan. Taqiqlanishdan tashqari, futbolchi 150 ming dollar jarimaga tortildi.

Professor Maklaren tennischini kelishilgan o`yinlarda aybdor ekanligini aniqlagan. Ta`kidlanishicha bunga Habibulina qarshilik qilmagan. Faoliyati davomida ITF yakkalik reytingidagi eng yuqori natijasi 492 va juftlik reytingida 208-o`rin hisoblanadi. Habibulina TACP’ning bir nechta qoidalarini buzganligi aniqlangan.

Eslatib o`tamiz, Albina Habibulinaning diskvalifikasiyasi joriy yilning 21 noyabrida boshlangan va u 20 ish kuni ichida sport arbitraj sudiga shikoyat qilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar