AsosiyJinoyat

Toshkent tumanida tadbirkordan 500 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan boshliq o`rinbosari ushlandi

'Toshkent tumanida tadbirkordan 500 AQSh dollari undirmoqchi bo`lgan  boshliq o`rinbosari  ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Toshkent tuman bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, “M.O.H” MChJning Toshkent tumani uy-joy kommunal xo`jaligi ekspluatasiya bo`yicha boshliq o`rinbosari Sh.K. “N.F.” MChJning ichimlik suvidan 7,9 mln so`mlik qarzdorligini elektron tizimga kiritmaslik hamda qarzdorligi yo`qligi haqida ma`lumotnoma berish evaziga 500 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora olish) bilan  jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar