AsosiyJinoyat

Buxorolik erkak qaynjiyanini oshxona pichog`i bilan o`ldirib qo`ydi

'Buxorolik erkak qaynjiyanini oshxona pichog`i bilan o`ldirib qo`ydi'ning rasmi

Voqea o`zaro janjallashish oqibatida yuzaga kelgan.

Buxoro tumani Xonobod mahallasida yashovchi, 1971 yilda tug`ilgan K.R. tumanning "Chorbakr" mahallasida yashovchi, 1980 yilda tug`ilgan qaynjiyani G`.T. bilan o`zaro janjallashgan.

Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

Natijada erkak jaxlga erk berib qaynjiyanini oshxona pichog`i bilan pichoqlagan. G`.t. og`ir ahvolda shifoxonaga etib bormay yo`lda vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan K.R.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan va gumonlanuvchi qamoqqa olingan.

    Boshqa yangiliklar