AsosiyJamiyat

Umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq qarzdorligi, jarima va penyalarining bo`lib-bo`lib to`lash huquqi beriladi

'Umumiy ovqatlanish korxonalariga soliq qarzdorligi, jarima va penyalarining bo`lib-bo`lib to`lash huquqi beriladi'ning rasmi

Bugun o`tkazilgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksining 378-moddasiga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o`qishda ko`rib chiqildi.

Deputat Rasul Kusherbaevning ma`lum qilishicha, umumiy ovqatlanish korxonalariga mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan turib, soliq organlarini xabardor qilgan holda aylanmadan olinadigan soliq, foyda solig`i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, yuridik shaxslardan olinadigan er solig`i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yig`imlar bo`yicha 2021 yil 15 avgust holatiga bo`lgan mavjud qarzdorlikni, shuningdek, barcha soliqlar bo`yicha jarima va penyalarni 2022 yil 1 yanvardan 1 iyulga qadar foizlarni to`lamasdan teng miqdorlarda kechiktirib (bo`lib-bo`lib) to`lash huquqi beriladi.  

️Mazkur mazmundagi qonun loyihasi (Solik kodeksiga o`zgartirishlar kiritish) deputatlar tomonidan ko`rib chiqilib, birinchi va ikkinchi o`qishlarda qabul qilingan.

    Boshqa yangiliklar