AsosiyJamiyat

Toshkentda 18 nafar ishchi jarohatlangan yotoqxonadagi portlash bo`yicha maxsus tekshirish boshlandi

'Toshkentda 18 nafar ishchi jarohatlangan yotoqxonadagi portlash bo`yicha maxsus tekshirish boshlandi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan “UZMILL LTD” MChJga qarashli yotoqxonada 2021 yil 29 noyabr kuni soat taxminan 05:00 larda havo-gaz aralashmasining chaqnashi oqibatida yong`in yuz bergan.

Baxtsiz hodisa natijasida 18 nafar ishchi bilan sodir bo`lgan holatni maxsus tekshirish to`g`risida Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasining 2021 yil 2 dekabrdagi 265-sonli buyrug`i qabul qilindi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi. 

Hozirda tekshirish va rasmiylashtirish ishlari olib borilmoqda.

Uning kelib chiqish sabablari va yakuni to`g`risida qo`shimcha ma`lumotlar beriladi.

    Boshqa yangiliklar