AsosiyJamiyat

Qibray tumanidagi "Imkon" reabilitasiya markaziga bolalar qabuli boshlandi

'Qibray tumanidagi "Imkon" reabilitasiya markaziga bolalar qabuli boshlandi'ning rasmi

Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan "Imkon" reabilitasiya markaziga ega davlat ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotiga bolalar qabuli e`lon qilindi.

Maktabgacha ta`lim vazirligining qayd etishicha, bu hisob  bo`yicha O`zbekistondagi ikkinchi markazdir.

Bunday markaz birinchi bor Qoraqalpog`iston Respublikasi Nukus shahrida tashkil etilgan.

Ta`kidlanishicha, markaz ikkita blokdan iborat:

 – 2 yoshdan 7 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun (bolaga qo`yilgan tashxisga qarab) 10 guruhdan iborat ko`p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkiloti;

– 18 yoshgacha bo`lgan bolalar uchun reabilitasiya markazi.

Maktabgacha ta`lim vazirligi shuni ma`lum qilmoqdaki, 2021 yil 3 dekabrdan boshlab ota-onalarga har haftaning juma kuni Toshkent shahar Maktabgacha ta`lim bosh boshqarmasi binosida  ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta`lim tashkilotiga 2 yoshdan 6 yoshgacha bo`lgan bolalarni tanlash bo`yicha tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyaning yig`ilishi bo`lib o`tadi.

"Imkon"ga qabul qilish uchun farzandlarini imtihondan o`tkazish istagida bo`lgan ota-onalar juma kuni soat 09:00 dan 12:00 gacha Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Temur ko`chasi, 62-uy manziliga taklif qilinadi.

Boshqa yangiliklar