Walt Disney kinokompaniyasini endilikda ayol kishi boshqaradi. Bu haqda kompaniya rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, 67 yoshli Syuzan Arnold direktorlar kengashi rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu esa 98 yillik tarixi davomida birinchi ayol rahbar hisoblanadi.
Syuzan Arnold 14 yil davomida direktorlar kengashi vakili bo`lib kelgan. U 2020 yilda Disney bosh direktori lavozimidan iste`foga chiqqan Bob Ayger o`rnini egallaydi. Ayger ham 15 yil davomida kompaniya rahbari lavozimida ishladi.






