Ayrim fuqarolarning mobil telefonlariga turli raqamlardan qo`ng`iroqlar qilishib, o`zlarini go`yoki "Klik layt" kompaniyasi vakillari sifatida tanishtirib, mijozning moliyaviy ma`lumotlarini yangilash maqsadida fuqaroning telefoniga sms xabar kelganini bildirib, ushbu sms kodni aytib yuborishni so`rashmoqda ekan.
Kimki soddalik qilib, SMS kodini aytgan taqdirda fuqarolarning bank plastik kartalaridagi mablag`lari firibgarlar tomonidan echib olinmoqda.
Firibgarlikning ushbu ko`rinishidan ogoh bo`lish va mablag`laringiz daxsizligini saqlash maqsadida bunday sms kodini so`raganlarga kodni aytmaslik va darxol raqam egasi haqida huquqni muhofaza qilish idoralariga xabar berish tavsiya etiladi.
️Deputat Rasul Kusherbaev fuqarolarning bank, moliya sohasidagi shaxsiy ma`lumotlari, pul mablag`lari muhofazasini ta`minlashga mas`ul vakolatli organ va tashkilotlardan fuqarolarning mablag`larini firibgarlardan himoyalash choralarini kuchaytirishlarini so`ramoqda.






