AsosiyJamiyat

Avtomobilni boshqa shaxsga o`tkazish to`lovida o`zgarish kutilmoqda

'Avtomobilni boshqa shaxsga o`tkazish to`lovida o`zgarish kutilmoqda'ning rasmi

Adliya vazirligi "Davlat boji to`g`risida"gi qonunga o`zgarish va qo`shimchalar kiritishga oid qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga taqdim etdi.
 

Unda avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o`tkazish(oformleniya) xarajatlari avtotransport uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari, ya`ni 810 ming so`m miqdorda belgilanishi ko`zda tutilgan.

Hozirda mazkur to`lov mashinaning ishlab chiqarilgan yili va ot kuchiga qarab 2,7 mln so`mgacha bo`lishi mumkin.

Shuningdek, loyihada ko`chmas mulkni boshqa shaxs nomiga o`tkazish xarajatlari bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari, 405 ming so`m miqdorida belgilanishi ham ko`zda tutilmoqda.

Avvalroq, Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilingani va Fermer xo`jaliklari er solig`idan ozod qilinishi haqida xabar berilgandi.

    Boshqa yangiliklar