Koreya Respublikasida koronavirusning «omikron» shtammi qayd etilgani sababli va uning keng tarqalishini oldini olish maqsadida 3-16 dekabr kunlari davomida mamlakatga kirib kelayotgan barcha fuqarolar 10 kunlik karantinni o`taydi. Bu haqda O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, mazkur tartib qaysi davlatdan tashrif buyurayotgani va vaksina olgan yoki olmaganidan qat`i nazar barcha fuqarolar uchun amal qiladi.
Bunda, Koreya Respublikasi fuqarolari va mamlakatda doimiy istiqomat qiladigan fuqarolar 10 kunlik karantin muddatini o`z uylarida yakkalangan holda o`taydi.
Shuningdek, Koreya Respublikasiga kirib kelishdan oldin, kirib kelgan kunda va karantindan chiqayotgan kunda – jami 3 marotaba PSR test topshirilishi barcha kirib kelayotgan fuqarolar uchun majburiy etib belgilangan.






