O`zbekiston Oliy ta`lim vazirligining ma`lum qilishicha, uchrashuvda ikki mamlakat ta`lim muassasalari o`rtasidagi to`g`ridan-to`g`ri hamkorlik masalasi muhokama qilingan.
"Eron bilan oliy ta`lim sohasidagi hamkorlik to`g`risida gap ketganda, albatta, fors tili va fors adabiyoti alohida o`rin egallashini ta`kidlab o`tish lozim. Eron mutaxassislari bilan ushbu fanlarning o`quv-uslubiy jihatlari bo`yicha biz doimiy ravishda tajriba almashib kelganmiz",-deydi vazir.
Shuningdek, ikki tomon ham texnika va muhandislik sohasidagi fanlarni rivojlantirishga va ushbu sohalarda kadrlar tayyorlash bilan bog`liq bo`lgan hamkorlikni yanada jadallashtirishga e`tibor qaratgan.
Shu jumladan, energetika, muqobil (alternativ) energiya manbalari, kimyo sanoati texnologiyalari, mashinasozlik, arxitektura va qurilish, qishloq xo`jaligi, manbashunoslik, tibbiyot hamda farmasevtika yo`nalishlarida hamkorlikni yo`lga qo`yish masalasi muhokama qilingan.






