AsosiyJamiyat

«Bunyodkor» o`z xodimlariga 1,5 mlrd so`mdan ko`proq maoshlarni to`lab berishni kechiktirgan — Davlat mehnat inspeksiyasi

'«Bunyodkor» o`z xodimlariga 1,5 mlrd so`mdan ko`proq maoshlarni to`lab berishni kechiktirgan — Davlat mehnat inspeksiyasi'ning rasmi

Toshkent shahar Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan “Bunyodkor” klubida moliyaviy muammo yuzaga kelayotgani holati o`rganildi.  Bu haqda Mehnat vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Aniqlanishicha, mazkur maqolada “Bunyodkor” futbol klubi tomonidan xodimlarga ikki oylik ish haqlari to`lab berilmayotganligi ko`rsatilgan.

O`rganish davomida, ayni vaqtda klub tomonidan jami 393 nafar xodimlarga nisbatan oktyabr oyi uchun 1 mlrd 532 million 216 ming so`m miqdoridagi oylik maoshlari to`lab berilishi kechiktirilgan. Shuningdek, hozirda klub homiysi “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan mablag`lar ajratilayotganligi va xodimlarga ushbu to`lovlarni to`lab berish harakatlari amalga oshiralayotganligini ma`lum qildi.
Bundan tashqari, “Bunyodkor” futbol klubi bosh direktori U.A.Mirzaev nomiga xodimlarga oylik ish haqi bo`yicha yuzaga kelgan qarzdorlikni bartaraf qilish hamda keyinchalik oylik ish haqlarini o`z muddatida to`lash bo`yicha Davlat mehnat isnpeksiyasi tomonidan Yozma ko`rsatma kiritildi.

    Boshqa yangiliklar