O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy hafta kutilayotgan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra, bugun va ertaga O`zbekiston hududi bo`yicha quyoshli va ochiq kun bo`lishi kutilmoqda, tushdan so`ng havo 12-17° iliqqacha isiydi, kechalari havo harorati 3-6° iliqni tashkil etadi.
Qishning birinchi kunlari mamlakatimiz aholisini anomal iliq ob-havo bilan qutlaydi, 1-2 dekabrda horijiy janubiy hududlardan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, harorat kechalari 6-9° iliqqacha, kunduz kunlari 17-22° iliqqacha ko`tariladi, bu dekabr oyi boshi uchun bo`lgan me`yordan 8-11° ga yuqoridir.
Faqat 2 dekabrda shimoliy hududlarga biroz nam va salqin havo massalari kirib kelishi kutilmoqda, buning hisobiga Qoraqalpog`istonda va Xorazm viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin.
3 dekabrda havo massalarining kirib kelishi respublikamizning qolgan hududlariga tarqaladi. Respublikaning ayrim tumanlarida (shimoliy hududlar va Farg`ona viloyatidan tashqari) biroz yomg`ir yog`ishi ehtimoli istisno emas. 3 dekabrda harorat foni nisbatan pasayadi, lekin hali ham me`yordan yuqori bo`ladi. Kunduz kunlari havo harorati 13-18o iliqni tashkil etadi.






