AsosiySport

“Barkamol avlod-2021”: uch kundan so`ng respublika final bosqichi Qoraqalpog`istonda start oladi

'“Barkamol avlod-2021”: uch kundan so`ng respublika final bosqichi Qoraqalpog`istonda start oladi'ning rasmi

Bir qator sport turlari bo`yicha “Barkamol avlod-2021” sport musobaqalarining hududiy bosqichlari o`tkazildi va respublika final bosqichiga yo`l olganlar nomi aniq bo`ldi.

Ayni kunlarda esa hududlarda futbol musobaqalari qizg`in davom etayapti. Hududiy bosqichdagi eng so`nggi sport musobaqasida akademik lisey va professional ta`lim muassasalari o`quvchi-yoshlari 4 ta hududda Respublika final bosqichiga yo`llanma olish uchun kurash olib bormoqda.

Dekabr oyida esa “Barkamol avlod-2021” sport musobaqalarining respublika bosqichiga start beriladi. Dastlab, olimpiya o`yinlari dasturidan o`rin olgan sport turi hisoblanmish dzyudo bo`yicha eng kuchlilar aniqlanadi.

Dzyudo bo`yicha hududiy bosqichda saralab olingan sportchilar 1 dekabr kuni Qoraqalpog`iston Respublikasida jam bo`lishadi va 2 dekabrdan musobaqalardagi ishtirokini boshlaydi. 3 kun davomida turli vaznlarda g`olib va sovrindorlar nomiga aniqlik kiritiladi.

“Barkamol avlod-2021” dasturidan o`rin olgan keyingi sport turi engil atletika bo`yicha final musobaqalari 10-14 dekabr kunlari Jizzax viloyatida bo`lib o`tishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar