AsosiyJinoyat

Jizzaхda fuqaroning mulkini o`zlashtirib olgan korxona rahbari ushlandi

'Jizzaхda fuqaroning mulkini o`zlashtirib olgan korxona rahbari ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Jizzahda fuqaroning mulkini o`zlashtirib olgan oilaviy korxona rahbari ushlangani haqida xabar berdi.

Qayd etilishcha, Jizzax shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruv, “O.P.” oilaviy korxonasi rahbari F.N. elektron savdo platformasi orqali savdoga qo`yilgan fuqaroning noturar joy binosini 330 mln so`mga sotib olishga kelishib oladi. Ushbu binoni tijorat bankidan olinadigan kredit uchun garovga qo`yib, kredit mablag`i ajratilgach, pulini berishga fuqaroni ishontirishga urinadi. 

Shundan so`ng bank muassasasidan ajratilgan 500 mln so`mlik kreditni naqdlashtirib olib talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Ta`kidlashicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 168-moddasi (firibgarlik) bilan  jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar