AsosiyJamiyat

Farg`onada eshik rom ustasi fuqaroni aldab, pullarini o`zlashtirdi

'Farg`onada eshik rom ustasi fuqaroni aldab, pullarini o`zlashtirdi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Quvasoy shahrida 2018 yil bahor oylarida M.I tanishi S.A.ning ishonchiga kirib xonadoni uchun «Akfa» eshik-romlari yasab berishini aytib, undan jami 7.000 AQSh dollari pullarini olib ketib, bergan va`dasini bajarmagan. Eshik rom ustasi bo`lgan fuqaro aldov yo`li bilan qo`lga kiritgan dollarini o`z ehtiyojlariga sarflab yuborgan. Bu haqda Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati ma`lumot berdi.

Ma`lumotlarga ko`ra, mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo`lishini esdan chiqarmang.

Yuqorida ko`rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar