Avstriyadan O`zbekistonga COVID-19ga qarshi kurashni qo`llab-quvvatlash doirasida “AstraZeneca” 150 ming doza vaksina jo`natildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
O`zbekistonning Venadagi EXHT va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy missiyasi ma`lumotiga ko`ra, vaksinalar Avstriya hukumati tomonidan beg`araz yordam va mustahkam do`stlik ramzi sifatida taqdim etilgan.
Vaksinalarni manzilga bezarar etkazib berish uchun tomonlar tibbiy mahsulotlarni tashishning barcha jihatlarini ta`minlashni nazarda tutgan. Xususan, vaksinalar maxsus sovutgichli konteynerga joylashtirildi. Unda sovutish jarayoni va 2-7 darajali harorat ta`minlanadi. Yukni Toshkentga etkazish «Vie Pharma Handling Center» maxsus trasport xizmati tomonidan amalga oshirilmoqda.






