IIV sohaviy xizmatlari, ta`lim muassasalari hamda hududiy ichki ishlar organlaridan xodimlar Turkiya IIVning xavfsizlik bosh direksiyasida malaka oshirish uchun jalb qilindi. Bu haqda O`zbekiston IIV xabardor qildi.
Qayd etilishicha, o`quv amaliyoti davomida tinglovchilar xorij tajribasini, shuningdek, sohaga oid eng so`nggi yangiliklarni o`rganishgan.
Shuningdek, qatnashuvchilar amaliyot davomida "Kiberjinoyatlarni tadqiq qilish", "Uyushgan jinoyatchilikni tergov qilish va uning uslublari", "Inson resurslarini boshqarish", "Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish", "Kiberjinoyatlarni tergov qilish" mavzulari doir xorijiy tajribaning ilg`or jihatlarini puxta o`zlashtirishgan va yakunda ular sertifikatlarga ega bo`lishgan.
"Endilikda ular o`zlashtirgan yangi bilim va ko`nikmalarini o`z xizmat vazifalari davomida samarali qo`llashadi",-deyiladi vazirlik xabarida.






