Bugun, 25 noyabrda O`zbekistonda kunduz kuni havo o`zgarib turadi, respublika bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida kechga tomon ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Bu haqda "O`zgidromet" ma`lumot berdi.
Ta`kidlanishicha, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 15-20° iliq bo`ladi.
Poytaxtda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 18-20° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 10-15° iliq bo`ladi.






