AsosiyJamiyat

​​1 dekabrdan Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilish to`xtatiladi

'​​1 dekabrdan Toshkent metropolitenida jetonlarni qabul qilish to`xtatiladi'ning rasmi

O`tgan bir yil mobaynida aholidagi mavjud jetonlar yo`l haqi to`lovi uchun qabul qilindi. Joriy yilning 1 dekabr sanasidan boshlab esa Toshkent metropolitenida yo`l haqini to`lash uchun jetonlarni qabul qilish to`xtatiladi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati ma`lum qildi.

Toshkent shahar jamoat transporti avtobus va metropoliten yo`nalishlarida avtomatlashtirilgan to`lov tizimini joriy etish ishlari doirasida yo`lovchilarning yagona transport kartalari orqali yo`l haqi to`lovlarni amalga oshirish ko`lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to`laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, jamoat transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida 2020 yilning 1 noyabridan boshlab Toshkent metropolitenida jetonlar sotuvi to`xtatilgan edi.

Ma`lumot o`rnida shuni aytish mumkinki, to`lov tizimida qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropolitenining barcha bekatlari QR kodli chipta, transport va bank kartalari hamda NFC  funksiyalari orqali to`lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi stasionar validatorlar bilan jihozlangan.

    Boshqa yangiliklar