Davlat statistika qo`mitasining ma`lumotlariga ko`ra, respublikamizda 2021 yilning yanvar–oktyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 57,1 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
O`tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4,9 mlrd. kVt soatga oshgan. O`sish sur`ati 9,4 %.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
🔸Toshkent viloyati – 23,2 %
🔸 Sirdaryo viloyati – 22,2 %
🔸Qashqadaryo viloyati – 19 %
🔸Navoiy viloyati – 16,1 %






