O`zbekistonda "InnoWeek.Uz-2021" xalqaro innovasion g`oyalar haftaligiga start berildi.
Uning ochilishida 50 ga yaqin xorijiy davlatlardan va maxalliy ilmiy-innovasion markazlar, investisiya fondlari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes-inkubatorlar vakillari, ekkmpertlar, olimlar ishtirok etdi.
Ochilishda Innovasion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov tadbir ishtirokchilariga minnatdorlik bildirib, ushbu haftada tajriba almashish, yangi loyihalarni o`rganishga ko`maklashishini alohida qayd etib o`tgan. 27 noyabrga qadar davom etadigan haftalik doirasida ko`plab tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgani ta`kidlanadi.
Shuningdek, Tatariston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari – Iqtisodiyot vaziri Midxat Shagiaxmetov o`tkazilayotgan bu tadbir haqida fikrini bildirgan.
"2020 yil haqiqatan ham iqtisodiyot uchun juda jiddiy sinovga aylandi", —Tatariston Bosh vaziri o`rinbosari.
"Bunday sharoitda innovasion faoliyatga iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishning strategik masalasi sifatida qarash kerak. Bozor dinamikasi, o`z navbatida, innovasion jarayonlarga ham ta`sir qiladi. Jahon iqtisodiyotining nobarqaror hodisalariga samarali qarshi turish uchun birgalikda harakat qilish zarurligini alohida ta`kidlamoqchiman. Shu bois mamlakatimizda to`plangan tajriba almashish imkoniyati mavjud bo`lgan, innovasion faoliyatni rivojlantirishga xizmat qiladigan bunday tadbirlarni o`tkazish nihoyatda muhim",-deydi Midxat Shagiaxmetov.
Ma`lumotga ko`ra, haftaligi doirasida qator hujjatlar imzolangan.






