AsosiyJamiyat

Sambo bo`yicha jahon chempioni hokimlar va tadbirkor tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi

'Sambo bo`yicha jahon chempioni hokimlar va tadbirkor tomonidan pul mukofoti bilan taqdirlandi'ning rasmi

Joriy yilning 12-14 noyabr kunlari Toshkent shahrida sambo bo`yicha jahon chempionati bo`lib o`tgandi.

Unda, jangovar sambo yo`nalishida ishtirok etgan qashqadaryolik Bahodir Bakiev - 58 kg vazn toifasida 50 ga yaqin davlat sportchilari orasida chempionlikni qo`lga kiritgan.

Shu bois, Shahrisabz shahar va tuman hokimlari ikki karra jahon chempionligini qo`lga kiritgan sportchi  shahar hokimligi tomonidan 10 mln. so`m, "Oqsaroy klaster" MChJ tomonidan esa 20 mln. so`m pul mukofotlari bilan taqdirlandi.  Bu haqda Qashqadaryo viloyati hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, shuningdek, yil davomida yuqori natijaga erishgan sportchilarga ham pul mukofotlari va qimmatbaho sovg`alar topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar