AsosiyJamiyat

"Poezd qatnovi sabab yo`limiz yopildi" — "O`zbekiston temir yo`llari" AJ fuqarolar murojaatini o`rganmoqda

'"Poezd qatnovi sabab yo`limiz yopildi" — "O`zbekiston temir yo`llari" AJ fuqarolar murojaatini o`rganmoqda'ning rasmi

"Tengdosh" MFY aholisi tomonidan "Poezd qatnovi sabab yo`limiz yopildi va aholi bordi-keldiga qiynalmoqda" mazmundagi yo`llangan videomurojaatga "O`zbekiston temir yo`llari" AJ  munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu murojaatda aks etgan holat yuzasidan "Qarshi mintaqaviy temir yo`l uzeli" UK rahbariyati mahalliy aholi bilan uchrashgan, vaziyat joyida o`rganilgan.  

Ta`kidlanishicha, mazkur hudud orqali "Toshkent – Shahrisabz2 yo`nalishida nafaqat yuqori tezlikda harakatlanadigan "Afrosiyob", balki tezyurar "Nasaf", shaharlararo poezd (elektrichka)lari hamda yuk poezdlari muntazam ravishda qatnashi va ushbu qayd etilayotgan aholi yashash punkti yaqinida  o`tuvchi temir  yo`lda qo`riqlanadigan piyodalar uchun maxsus joyi mavjudligi aniqlangan. Ushbu joydan o`tish, temir yo`lning boshqa tomoniga borish va qaytish uchun sharoitlar yaratilgani aytiladi.  

Suhbat davomida mahalliy aholining asosiy muammosi boshqa masalada ekanligi  aniqlangan. Ya`ni, magistral avto yo`ldan qishloqqa olib boruvchi yo`lning uzoqligidan shikoyat tushgan. Aholiga yordam tariqasida qishloq oqsoqollari bilan kelishilgan holda "Qarshi mintaqaviy temir yo`l uzeli" UK tomonidan yordam tariqasida qishloqqa olib boruvchi yana bir boshqa ta`mirtalab qisqa avto yo`lni qaytadan ta`mirlash uchun kelishilgan hamda tez orada ta`mirlash ishlari boshlanadigan bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar