AQSh prezidentning reytingi tobora pasayib bormoqda. Bu haqda avval ham yozgan edik. Shunga qaramay, Bayden 2024 yilda bo`lib o`tadigan saylovda qatnashmoqchi. Zamon.uz nashri buni ma`lum qildi.
Ta`kidlanishicha, oq uy matbuot kotibi Jen Psaki AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda ikkinchi muddatga saylanish niyatida ekanini tasdiqlagan.
"Uning ikkinchi muddatga o`z nomzodini qo`yish niyati bor", dedi Psaki Baydenning navbatdagi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagi haqida so`ragan jurnalistlarga.
Shuningdek, matbuot kotibi bir qator Amerika ommaviy axborot vositalarining so`nggi kunlardagi mavzusiga aylangan masalaga oydinlik kiritgani aytiladi.
Amerika Qo`shma Shtatlari Prezidenti 2024 yilgi saylovlarda ishtirok etish istagini o`tgan yilgi inaugurasiya marosimi paytida e`lon qilgandi:
"Men ikkinchi muddatga nomzodimni qo`yishni rejalashtirmoqdaman. Men buni kutaman", — degan edi Bayden.






