AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik talaba xalqaro festivalda bir yo`la ikki mukofotni qo`lga kiritdi

'O`zbekistonlik talaba xalqaro festivalda bir yo`la ikki mukofotni qo`lga kiritdi'ning rasmi

O`zbekiston davlat san`at va madaniyat instituti 1-bosqich magistranti, yosh rejissiyor Shokir Xoliqov animasion filmlar vatani bo`lgan Yaponiyada bir yo`la ikki mukofotni qo`lga kiritdi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma`lum qilinishicha, Yaponiyada o`tkazilgan DigiCon6 Asia animasion filmlar festivalida Shokir Xoliqovning “Qiz va Bulut” animasion filmi ikki mukofotni: “Mintaqaning oltin filmi” va “Festivalning oltin filmi” mukofotlariga sazovor bo`ldi hamda 3 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Ma`lumot o`rnida, Shokir Xoliqov bungacha 40 dan ortiq xalqaro festivallar g`olibi bo`lgan edi. U boshchiligidagi o`zbekistonlik yosh kinoijodkorlar tomonidan ishlangan qisqa metrajli “Messi” nomli filmi ham “48 Hour film race” festivalining biryo`la ikkita mukofoti “Eng yaxshi film” hamda “Eng yaxshi drama” nominasiyalari bo`yicha g`olib deb topilgan.

    Boshqa yangiliklar