AsosiyJinoyat

Toshkentning ikki tumanida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo`yildi

'Toshkentning ikki tumanida  kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari savdosiga chek qo`yildi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek va Bektemir tumanlarida kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar faoliyati fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi. 

Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mirzo Ulug`bek va Bektemir tuman bo`limlari tomonidan IIBB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirlarda, “M.F.” MChJga qarashli dorixona sotuvchilari S.S. va M.M.lar 2 dona “Regapen” nomli dori vositasini 50 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 161 dona “Zardeks”, 56 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, “M.” MChJga qarashli dorixona sotuvchilari S.M. va S.E.lar xaridorga 4 dona “Regapen” nomli dori vositasini 100 ming so`mga sotgan vaqtida ushlanib, ushbu dorixonadan 62 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Xuddi shunday, “N.” MChJga qarashli dorixona sotuvchilari S.A. va U.E.lar 3 dona “Zardeks” nomli dori vositasini 45 ming so`mga sotganligi aniqlanib, ushbu dorixonadan 83 dona “Zardeks”, 4 dona “Regapen” nomli kuchli ta`sir qiluvchi dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar