AsosiyJamiyat

Namanganda ayol 5 oylik qizchasini 7 million so`mga sotmoqchi bo`ldi

'Namanganda ayol 5 oylik qizchasini 7 million so`mga sotmoqchi bo`ldi'ning rasmi

Kimlardir farzandga zor, yillar davomida uni dunyoga kelishini intiib kutadi. Biroq mana shu mehrga zorlik qadrini bilmagan ayrimlar esa o`z zurriyodini arzimas pullarga baholashi achinarli hol. Namanganda ana shunday holat yuz berdi. Ayol 5 oylik qizchasiini pullamoqchi bo`ldi.

 Namangan viloyat IIB huzuridagi TB tergovchisi Ulug`bek Hayitaliev hodisa tafsilotlarini ma`lum qildi.

"Mazkur yil 8 noyabr kuni, Kosonsoy tumanida yashovchi, 1990 yilda tug`ilgan fuqaro ichki ishlar idorasiga   ariza bilan murojaat qilib, Mingbuloq tumanida yashovchi, 1984 yilda tug`ilgan ayol 5 oylik qizchasini 7.000.000 so`mga sotmoqchiligini ma`lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishni so`ragan.    

Mazkur ariza yuzasidan shu kuni viloyat II Boshkarmasi va tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi. Tadbir davomida ayol o`z qizini yashash uyi oldida arizachiga 7.000.000 so`mga sotishga kelishib, 3 mln so`m va 100 AQSh dollarini olayotgan vaqtida holislar guvohligida qo`lga olindi",-deydi u.

Balki ular vajlarida keltirilayotgan moddiyat va qiyinchiliklar sabab bu ishga qo`l urgandirlar, ammo hayot qiyinchiliklari va moddiy etishmovchiliklar hech qachon o`z farzandini boshqa shaxsga pullashiga sabab bo`la olmaydi.

                                                                                         Umida Qo`shoqova

    Boshqa yangiliklar