AsosiyJamiyat

Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutib o`tirmaydi

'Endi talaba davlat imtihonidan yiqilsa, bir yil kutib o`tirmaydi'ning rasmi

Adliya vazirligi tomonidan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestasiyasi to`g`risidagi nizomga o`zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi buyrug`i davlat ro`yxatidan o`tkazildi.

Unga ko`ra, yakuniy davlat attestasiya sinovidan o`ta olmagan shaxs keyingi har bir o`quv yilida (3 yil davomida) o`z arizasiga muvofiq 2 martagacha imtihonni qayta topshirish huquqiga ega.

Oldingi tartib bo`yicha bitiruvchi yakuniy davlat attestasiyasi sinovidan o`ta olmagan taqdirda keyingi yillarda qayta topshirish huquqiga ega edi. Ushbu holat talaba uchun birmuncha qiyinchiliklar, xususan uning bir yillik qimmatli vaqtini maqsadli sarflay olmasligiga sabab bo`lib kelgan.

Endilikda talabalar tomonidan qayta topshirish to`g`risidagi arizalar yig`ilishiga qarab bir o`quv yilida ikki martagacha davlat imtihonlarini qayta topshirish imkoniyati yaratildi.

    Boshqa yangiliklar