Poytaxtimizda qilichbozlik bo`yicha yoshlar o`rtasidagi Jahon kubogi o`z yakuniga etdi. Sablya qurolida o`tgan qizlar musobaqasida sportchilarimiz tengsiz bo`lishdi.
Dastlab Misr jamoasini 45:21 hisobida mag`lubiyatga uchratgan qizlarimiz yarim finalda bolgariyalik raqibalaridan 45:36 hisobida ustun kelishdi. Finalda kutilganidek O`zbekiston va Rossiya yoshlari ro`baro kelishdi. Keskin va murosasiz o`tgan bellashuvda qizlarimiz 45:36 hisobida g`alaba qozonib, oltin medallarni qo`lga kiritishdi.
Eslatib o`tamiz, kechagi yakkalik bahslarida Zaynab Dayibekova barcha raqiblarini mag`lub etib, shohsupaning eng yuqori pog`onasiga ko`tarilgan edi. Bugun jamoaviy dasturda Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Samira Shokirova hamda Venera Isroilova yurtimiz sharafini himoya qilishdi.






