Joriy yilning 12 noyabr kuni Jinoyat ishlari bo`yicha Guliston shahar sudi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi «B» bandida ko`rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybli deb topilib, sud-tergov organlaridan yashirinib yurganligi uchun sirtdan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan holda qidiruv e`lon qilingan.
Buxoro shahar IIO va FMB xodimlari tomonidan o`tkazilgan “Qidiruv” tezkor profilaktik tadbiri davomida Buxoro shahrida qo`lga olingan, Sirdaryo viloyati Boyovut tumani Boyovut-1 mahallasida ro`yxatda turuvchi 1983 yilda tug`ilgan Yu.J., o`ziga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasini qo`llamaslik evaziga ichki ishlar organi xodimiga 500 AQSh dollari pora berishni taklif qilgan. Buxoro shahar IIO FMB 4-sonli IIB binosidagi xizmat xonada tezkor xodimga 4.200.000 so`m va 100 AQSh dollarini pora tariqasida bergan vaqtda ushlanib, belgilangan tartibda hujjatlashtirilgan.
Mazkur holat Yu.Jga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JK.ning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






