AsosiyJamiyat

Urgutda bir nechta oila bola pulini "eb" yurgan "Xalq banki" xodimlari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi

'Urgutda bir nechta oila bola pulini "eb" yurgan "Xalq banki" xodimlari huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi'ning rasmi

Internet saytida “Xalqning haqidan qo`rqmaydigan Xalq banki: Urgutda bir nechta oila bola puli “olayotgani”ni bilmagan”, degan sarlavha ostida vediolavhali maqola e`lon qilingan.  

Unda "Xalq banki"ning Urgut filialida ayrim fuqarolar nomiga nafaqa uchun plastik kartalar ochilgani, ammo bundan shu fuqarolarning o`zlari bexabar bo`lgani va kartaga tushgan pullar bank xodimlari tomonidan ishlatib yuborilgani haqida so`z borgan.

Maqolada keltirilgan ma`lumotlar bo`yicha bank boshqaruvining topshirig`iga binoan o`rganish olib borilganda quyidagilar ma`lum bo`lgan:  

" - Xalq bankining Ichki nazorat va Ichki audit xizmati xodimlari tomonidan 2020 yil dekabr oyida o`tkazilgan tekshiruv davomida bankning Urgut filiali bank kartalari sektori bosh mutaxassisi U.Azimov hamda Pensiya va nafaqa to`lovlari bilan ishlash bo`limi sayyor kassa buxgalter nazoratchisi Yu.Xodievlar tomonidan fuqarolarning bank kartalaridagi mablag`larini  o`zlashtirib yuborganlik holatlari aniqlangan va hukukni muhofaza qiluvchi organlarga hujjat taqdim qilingan. Ushbu holat buyicha sobiq xodimlarga nisbatan JK 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib  ayblov e`lon qilingan.

Maqolada keltirilgan, Urgut tumani “Qorabuloq” mahallasi Ilonli qishlog`ida yashovchi fuqarolar Nazarova Iroda, Tillaeva Dilshoda hamda “Yuqori Tegana” mahallasida yashovchi Raxmonova Ozodalarga tayinlangan 2 yoshgacha bolalik nafaqa pullari o`zlarining nomiga ochilgan bank kartalariga o`tkazib berilgan. Bankning sobiq xodimlari U.Azimov  hamda Yu.Xodievlar ushbu fuqarolarning imzolarini soxtalashtirib bank kartalaridagi mablag`larni o`z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi ma`lum bo`lgan.

Yuqorida nomlari keltirilgan fuqarolarga nafaqa pullari 2021 yilning 17 noyabr kuni to`liq etkazildi", - deyiladi bank bayonotida.

O`rganish davomida to`plangan hujjatlar hamda ma`lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirilgan.

    Boshqa yangiliklar