AsosiySport

Para suzish bo`yicha O`zbekiston chempionati boshlandi

'Para suzish bo`yicha O`zbekiston chempionati boshlandi'ning rasmi

Joriy yilning 1-noyabridan 3-dekabriga qadar yurtimizda ilk marotaba “Yangi imkonyatlar sari” birinchi parasport festivali doirasida O`zbekiston ochiq chempionatlari bo`lib o`tmoqda.

Bugun Toshkent shahrida para suzish bo`yicha O`zbekiston ochiq chempionati boshlandi. Ushbu musobaqada yurtimizning turli xududlaridan jami 30 nafarga yaqin jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo`lgan sportchilar ishtirok etishmoqda. Musobaqa 21-noyabr kuni yakunlanadi.

Ta`kidlash kerakki, ushbu O`zbekiston ochiq chempionatlari kelajakda Paralimpiya sport turlari bo`yicha O`zbekiston terma jamoasiga a`zo va nomzod sportchilarni saralab olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Boshqa yangiliklar