AsosiyJamiyat

Namanganda bir-biriga tutash 4ta uy yonib ketdi

'Namanganda bir-biriga tutash 4ta uy yonib ketdi'ning rasmi

Namangan shahrida bir-biriga tutash qurilgan uylarda yong`in sodir bo`ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, hodisa bugun, 20 noyabr kuni soat 07:10 da Namangan viloyati Namangan shahar “Istiqbol” MFYda yuz bergan. Buning oqibatida ushbu manzil hududida joylashgan bir-biriga tutashgan uylar zarar ko`rgan.

Voqea joyiga shahar FVBning 6 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 07:16 da etib borgan, yong`in soat 07:21 da qurshab olinib, soat 07:58 da to`liq o`chirilgan.

Yong`indan 4 ta uyning taxminan 300 kv.m. maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Yong`in oqibatida jabrlangan va halok bo`lganlar yo`q. Hozirda yong`in sababi hamda keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

 

 

 

 

    Boshqa yangiliklar