AsosiyJamiyat

Farg`onada hayotini xavf ostiga qo`ygan "drift"chiga chora ko`rildi

'Farg`onada hayotini xavf ostiga qo`ygan "drift"chiga chora ko`rildi'ning rasmi

O`zi va o`zgalar salomatligini xavf ostiga qo`ygan "drift"chiga chora ko`rildi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Ma`lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqda "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi o`zi va o`zgalarning hayotini xavf ostiga qo`yib "drift" qilgan videosi tarqaldi va keng jamoatchilik e`tirozlariga sabab bo`ldi.

Mazkur video Farg`ona viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan o`rganilib, ushbu haydovchi aniqlandi va unga nisbatan tegishli tartibda ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar