«Bavariya» yarimhimoyachisi Tomas Myuller Germaniya chempionati 12-turidan o`rin olgan «Augsburg»ga (1:2) qarshi o`yinda jamoasining yagona goliga assistentlik qildi.
Germaniyalik 32 yoshli havbekning 2021 yilda Bundesligadagi assistlari 20taga etdi va u ushbu ko`rsatkich bo`yicha top-5 liga rekordini takrorladi.
Bungacha yarimhimoyachi Anxel Di Mariya 2011 va 2014 yillarda «Real»da, Mesut O`zil 2015 yil «Arsenal»da xuddi shunday natija qayd etishgandi.
Myullerda rekordni yangilash uchun 2021 yil hisobidan yana 5ta o`yin bor.






