UzAvto Motors kompaniyasi Chevrolet Captiva 5 avtomobillarini etkazib berish bo`yicha shartnomalar tuzishni to`xtatishga majbur.
Mijozlar murojaatidan keyin 3 kun ichida tuzilgan shartnomalar bo`yicha to`langan barcha mablag`lar to`liq qaytariladi. Shuningdek, kompaniya qo`shimcha ravishda oldindan to`lov summasining 5 foizini kompensasiya sifatida taqdim etadi
Bundan tashqari, yangi krossover sotib olish ehtiyojida bo`lgan xaridorlarimiz o`z xohishiga ko`ra, Chevrolet Captiva 5 avtomobili o`rniga Chevrolet Equinox yoki Tracker modellarini xarid qilishlari mumkin. Almashtirilgan avtomobillarni etkazib berish muddati Chevrolet Captiva 5 uchun tuzilgan shartnomalarga muvofiq, 2022-yil yanvar oyidan kechiktirilmagan holda amalga oshiriladi.






