Bugun, 20 noyabr kuni erta tongda professional boksda muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgan hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliev o`zining navbatdagi jangini o`tkazdi. AQShning Nyu-Xempshir shtatida joylashgan Manchester shahrida bo`lib o`tgan jangda unga qarshi chililik Xose Velaskes ringga ko`tarildi.
To`liq, 12 raund davom etgan jangda hakamlarning barchasi 119-109 hisobida hamyurtimiz g`alaba qozonganligini e`tirof etishdi. Shu tariqa Murodjon o`ziga tegishli WBA va IBF kamarlarini qo`lida saqlab qoldi.
Hamyurtimizni ushbu ajoyib g`alaba bilan tabriklaymiz.






