AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 2ta avtomobil ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo`ldi

'Sirdaryoda 2ta avtomobil ishtirokidagi YTHda bir kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Sirdaryoda sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.

Joriy yilning 19 noyabr kuni soat 14:25 larda Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani hududidan o`tuvchi M-34 avtomobil yo`lining 132-kilometrida haydovchi, A.N. boshqaruvidagi "Nexia" rusumli hamda haydovchi, N.Q. boshqaruvidagi "Zil-MMZ 554" rusumli yuk avtomobili ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan va "Nexia" avtomobilida yong`in yuzaga kelgan.

To`qnashuv va yong`in natijasida "Nexia" rusumli avtomobil haydovchisi A.N. olgan og`ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur YTH yuzasidan Mirzaobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar