AsosiyJamiyat

“O`zbekneftgaz” AJ va Rossiyaning “VEB.RF" banki o`rtasida 40 million evrolik kelishuv shartnomasi imzolandi

'“O`zbekneftgaz” AJ va Rossiyaning “VEB.RF" banki o`rtasida 40 million evrolik kelishuv shartnomasi imzolandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiya Federasiyasiga rasmiy tashrifi doirasida “O`zbekneftgaz” AJ va “VEB.RF" o`rtasida 40 million evrolik kelishuvga erishildi.

“VEB.RF” kuzatuv kengashi rahbari o`rinbosari D.V. Algulyan va “O`zbekneftgaz” AJ Mehriddin Abdullaev ushbu bitimni imzoladilar.

“VEB.RF” davlat taraqqiyot korporasiyasi mamlakatimizda neft-gaz sohasidagi loyihalarni va chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida “O`zbekneftgaz” jamiyatining ishonchli moliyaviy sheriklaridan biridir.

Jalb qilinadigan mablag`lar asosan “O`zbekneftgaz” AJ tomonidan geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, quduqlarni burg`ulash va uglevodorodlarni qazib chiqarish uchun zarur bo`lgan texnologik uskuna va moddiy-texnik resurslarni Rossiya davlatidagi ishlab chiqaruvlardan sotib olish bo`yicha shartnomalarni moliyalashtirishga yo`naltiriladi.

Aytish joizki, 2020 yilda ham “VEB.RF” korporasiyasi tomonidan jamiyatga 40 million evrolik bitim imzolanib, uning doirasida zarur mahsulot va xizmatlar xarid qilingan.

Mazkur mablag`larining jalb qilinishi jamiyat oldida turgan asosiy ustuvor vazifa, ya`ni uglevodorodlar zahirasini oshirish va ularni qazib chiqarish hajmlarini oshirishga, iqtisodiy tarmoqlar va aholiga uzlulksiz ravishda tabiiy gaz etkazib berishni ta`minlashga xizmat qiladi.

Eslatib o`tamiz, “VEB.RF” Davlat taraqqiyot korporasiyasi iqtisodiy rivojlanish loyihalarini moliyalashtiruvchi davlat investisiya banki bo`lib, uning asosiy vazifasi infratuzilma, sanoat, ijtimoiy soha, texnologik salohiyatni mustahkamlash va aholi turmush tarzini oshirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishda hissa qo`shishdan iborat.

    Boshqa yangiliklar