AsosiyJamiyat

Sirdaryoda 1200-1600 MVt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stansiyasini quriladi

'Sirdaryoda 1200-1600 MVt quvvatga ega yangi issiqlik elektr stansiyasini quriladi'ning rasmi

Bu Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida ochiq tender savdolari orqali amalga oshirilayotgan eng yirik investisiya loyihalardan biridir. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati ma`lum qildi.

2020 yil boshida O`zbekiston hukumati Sirdaryo viloyatida quvvati 1200-1600 MVt bo`lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish loyihasini boshlagan edi.

Mazkur loyiha doirasida O`zbekiston hukumati tomonidan Xalqaro moliya korporasiyasining (Jahon banki guruhi a`zosi) texnik ko`magida ikki bosqichli ochiq tender o`tkazildi. Ushbu loyiha energetika tizimini mustahkamlash va respublikani barqaror elektr energiyasi bilan ta`minlashga qaratilgan.

Yangi IESda qo`llaniladigan zamonaviy va innovasion texnologiyalar 60 foizdan ortiq samaradorlikka ega bo`ladi, bu esa mavjud Sirdaryo IES ko`rsatkichlaridan ikki barobar yuqoridir.

    Boshqa yangiliklar