Bugun tunda AQShning Nyu-Xempshir shtati Manchester shahrida katta professional boks kechasi bo`lib o`tadi. Unda hamyurtimiz, engil vazn toifasining WBA va IBF kamarlari sohibi Murodjon Ahmadaliev o`z kamarlarini himoya qiladi.
Shu kungacha professional boksda 9ta jang o`tkazib, ularning barchasida g`alaba qozongan Murodjon Ahmadaliev chililik majburiy da`vogar Xose Velaskesga qarshi ringga ko`tariladi.
Velaskes shu paytgacha 29ta jang o`tkazib, ularning 2tasida mag`lub bo`lgan va 6 bor durang qayd etgan. U so`nggi bor 2016-yilda mag`lubiyatga uchragan. Shundan beri ketma-ket 21ta jangda g`alaba qozonib kelmoqda.






