Farg`ona davlat universiteti o`qituvchisi katta miqdordagi mablag`ni qimorda yutqazib qo`ygani sababli o`z joniga qasd qildi.
Bu haqda "Darakchi"ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma`lum qildi.
Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida R.B. Farg`ona Davlat universitetida o`qituvchi lavozimida ishlab kelgani," 1xbet” bukmeykerlik kompaniyasi orqali tavakkalchilikka asoslangan qimor o`yinlari o`ynashi, 16.11.2021 yil kuni Farg`ona viloyati, Farg`ona shahrida yashovchi "Hurshidbek" ismli shaxsdan mazkur qimor o`yinlarini o`ynash uchun 57.000.000 so`m miqdoridagi pullarni qarzga olgani va "1xbet" o`yinlarida mazkur pullarni yutqazib qo`ygani aniqlangan.






