Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Erling Xoland uchun bir nechta klublar da`vogarlik qilmoqda. Bu haqda Marca xabar berdi.
Qayd etilishicha, norvegiyalik futbolchiga asosiy xaridor sifatida “Real Madrid” klubi e`tirof etilayotgandi. Ular kelgusi yilning yozida Xolandni sotib olmoqchi.
“Manchester Siti” va “Chelsi” klublari ham Xoland transferiga ko`z tikkan hamda “Real” uchun raqobatchiga aylandi.






