Buxoroda suv quvurlari yotqizilayotgan joyda er o`pirilishi sabab 2 kishi vafot etganligi haqida tarqalgan xabarlar taqdim etilgan edi.
Kogon shahrida ikki kishining o`limiga sabab bo`lgan fojea yuzasidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham rasmiy munosabat bildirdi.
" - 2021 yil 16 noyabr kuni Buxoro viloyati Kogon shahar Do`stlik ko`chasida “61-sonli Avtokorxona” MChJ tomonidan kanalizasiya quvuri qazish ishlari olib borilgan. Shu kuning ikkinchi yarmida kovlangan o`raning atrofidagi tuproq o`pirilib tushishi natijasida fuqarolar Amirov Namozbek Xusan o`g`li va Saidqulov Sardor Valijon voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati Bandlik bosh boshqarmasining 2021 yil 18 noyabrdagi “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani maxsus tekshirish to`g`risida”gi 202-ICh-sonli buyrug`i qabul qilindi.
Ayni paytda, buyruqqa asosan tuzilgan komissiya ro`y bergan hodisa sabablarini o`rganmoqda. Uning yakuniga ko`ra qo`shimcha ma`lumot beriladi", - deyiladi bayonotda.






